π LINKING WORDS — CAUSE & RESULT βοΈ
Ingliz tilida fikrlarni bir-biriga mantiqan bog‘lash uchun linking words juda muhim. Ayniqsa sabab va natijani ifodalashda to‘g‘ri linking word tanlash gapning ma’nosini aniqroq qiladi.
Cause — biror voqea yoki holatning sababini ko‘rsatadi. Bunda because, since, as, due to, owing to kabi shakllardan foydalanish mumkin.
Result — biror sababdan kelib chiqqan natijani ifodalaydi. Bunda therefore, thus, consequently, as a result kabi linking words ishlatiladi.
Lekin bu so‘zlarning barchasini bir xil tarzda ishlatib bo‘lmaydi. Masalan:
because + subject + verb
because of + noun / noun phrase
due to + noun / noun phrase
therefore esa ko‘pincha ikki mustaqil fikr o‘rtasidagi natijani ko‘rsatishda ishlatiladi.
IELTS Writing Task 2’da esa bu linking words ayniqsa cause-and-effect argumentlar yaratishda foydali. Masalan, muammoning sababini tushuntirib, keyingi gapda uning oqibatini ko‘rsatish yoki biror fikrni sabab bilan asoslash mumkin.
β οΈ Ko‘pchilik o‘quvchilar linking words’larni faqat yodlab oladi, lekin qaysi structure bilan ishlatilishini e’tibordan chetda qoldiradi. Natijada grammatik xatolar paydo bo‘ladi. Yana bir keng tarqalgan muammo — har bir gapda because yoki thereforeni takrorlash. Bu esa writing’da vocabulary va sentence structure’ning xilma-xilligini kamaytiradi.
π― Shu sababli 8 xil cause & result linking wordni ularning ma’nosi, grammatik strukturasi, punctuation’i va IELTS Task 2’da qo‘llanishi bilan birga o‘rganish muhim. Shunda siz nafaqat sabab va natijani ifodalaysiz, balki fikrlaringizni aniq, mantiqiy va akademik tarzda bog‘lay olasiz.