Videolarga qaytish
Bepul Dars English Grammar 24 ta ko'rilgan

πŸ–‹ PHRASAL VERBS β€” GET ✍️

Dars haqida

πŸ–‹ PHRASAL VERBS — GET ✍️

Get ingliz tilidagi eng ko‘p ishlatiladigan va eng ko‘p ma’no hosil qiladigan fe’llardan biridir. U turli particle’lar bilan birikib, kundalik suhbatlarda, Listening’da, filmlar va real English’da juda ko‘p uchraydigan phrasal verb’larni hosil qiladi.

Masalan, get up — o‘rnidan turmoq, get on — transportga chiqmoq yoki kim bilandir yaxshi munosabatda bo‘lmoq, get off — transportdan tushmoq, get over — qiyinchilik yoki muammodan chiqib ketmoq, get along — kim bilandir yaxshi chiqishmoq, get rid of — biror narsadan xalos bo‘lmoq kabi turli ma’nolarni anglatadi.

Bu yerda eng qiziq jihat shundaki, get fe’lining asosiy ma’nosini bilish barcha phrasal verb’larning ma’nosini tushunish uchun yetarli emas. Particle o‘zgarganda butun expression’ning ma’nosi ham o‘zgaradi. Shuning uchun get up, get out, get over, get through, get along kabi birikmalarni alohida vocabulary sifatida o‘rganish kerak.

πŸ“Œ Yana bir muhim grammatik jihat — separable va inseparable phrasal verbs farqi. Separable phrasal verb’da object ayrim holatlarda verb va particle orasiga kelishi mumkin. Ayniqsa pronoun bilan ishlatilganda object’ning to‘g‘ri joylashuviga e’tibor berish kerak. Inseparable phrasal verb’da esa verb va particle ajratilmaydi.

πŸ“š 30+ Phrasal Verbs with GET orqali get bilan tuziladigan keng tarqalgan phrasal verb’larning ma’nosi, grammatik tuzilishi, qo‘llanish holatlari va real context’dagi ishlatilishini o‘rganish mumkin.

⚠️ Ko‘pchilikning xatosi — phrasal verb’larni so‘zma-so‘z tarjima qilish. Masalan, get over yoki get through kabi birikmalarning ma’nosini faqat get va particle’ning alohida tarjimasidan aniqlab bo‘lmaydi. Eng to‘g‘ri yo‘l — ularni expression sifatida, kontekst va misollar bilan birga o‘zlashtirish.